Samarqand shahridagi turistik firma rahbari fuqarolarni Meksika orqali AQSHga yuborishni va’da qilib, ulardan katta miqdorda pul talab qilgani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u Samarqand shahri va Urgut tumanida yashovchi uch nafar fuqaroning ishonchiga kirib, zarur hujjatlarni rasmiylashtirishni va’da qilgan. Har biridan 32 ming dollardan, jami 96 ming dollar talab qilgan.
Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi oldindan 15 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olindi. Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi — “Juda ko‘p miqdorda firibgarlik” bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar