
Eron, Xitoy, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Turkiya davlatlari Istanbulda Yevroosiyo tranzit koridorining janubiy yo‘nalishi bo‘yicha temiryo‘l yuk tashuvlarini kengaytirishga oid kelishuv imzoladi. Bu haqda Mehr News Agency xabar berdi.
Davlatlar konteyner poyezdlari uchun yagona tariflarni joriy etish, ularning harakatlanish vaqtini qisqartirish va bojxona xarajatlarini kamaytirish borasida kelishib oldi. Hujjat shuningdek, koridorning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish va Xitoy hamda Yevropa o‘rtasidagi savdoda janubiy yo‘nalishning ulushini ko‘paytirish uchun infratuzilmani modernizatsiya qilishni ham ko‘zda tutadi.
Mehr axborotiga ko‘ra, Eron tranzitda asosiy bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib qolmoqda. Yangilangan yo‘nalishning asosiy qismi mazkur davlat hududidan o‘tadi.
2024 yilda ushbu yo‘nalish orqali Erondan o‘tgan yuk hajmi qariyb 60 million tonnaga yetishi kutilmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.