date

Ipoteka bank eng faol bank deb e'tirof etildi

Ipoteka bank eng faol bank deb e'tirof etildi
2025 yil 27 noyabr kuni Ipoteka bank OTP Group «Green and Affordable Housing» xalqaro forumida «Eng faol bank» mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ushbu tadbir Uzbekistan Mortgage Refinancing Company (UzMRC) aksiyadorlik jamiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank va Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida tashkil etilgan.

Mazkur mukofot Ipoteka bankining ipoteka bozorini rivojlantirish, zamonaviy moliyaviy vositalarni joriy etish hamda O‘zbekistonning strategik ustuvor yo‘nalishlariga mos mahsulotlarni taklif etish bo‘yicha tizimli ishlari natijasi sifatida qayd etildi. Bugungi kunda Ipoteka bank OTP Group mamlakatda ipoteka bozorining yetakchisi bo‘lib, bozor ulushi 23 foizni tashkil etadi.

Avvalroq Ipoteka bank 2025 yilning dastlabki to‘qqiz oyi yakunlari bo‘yicha foyda va boshqa moliyaviy natijalarini e’lon qilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Ipoteka bank eng faol bank deb e'tirof etildi