Arbeloa davrida Real hujumkor va bosim bilan o'ynaydi

Madridning «Real» jamoasida bosh murabbiy o'zgarishi ro'y berdi: Alvaro Arbeloa Xabi Alonsoning o'rnini egalladi. Avvalgi murabbiy Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona»ga 2:3 hisobida mag'lub bo'lgach, iste'foga chiqarildi. «Albasete»ga qarshi navbatdagi kubok uchrashuvida «qaymoqranglilar»ni endi Arbeloa boshqaradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Diario AS xabariga ko'ra, yangi murabbiy 4-3-3 sxemasini ma'qul ko'radi va unda to'pni oldinga olib chiqishga qodir aniq rolga ega tayanch yarim himoyachiga alohida urg'u beradi. 42 yoshli mutaxassis tezkor hujumlar va yuqori intensiv pressingni yoqtirishi bilan ham tanilgan.
Arbeloa «Real» bosh murabbiyligiga tayinlanishidan avval klubning ikkinchi jamoasini boshqargan, undan oldin esa madridliklarning yoshlar akademiyasida faoliyat yuritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!