date

O'zbekistonda yo'llanmasiz shifokor qabuliga borish pullik bo'lishi mumkin

O'zbekistonda yo'llanmasiz shifokor qabuliga borish pullik bo'lishi mumkin

O'zbekistonda tor mutaxassislar qabuliga yo'llanmasiz murojaat qilgan bemorlar uchun to'lov joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu bo'yicha tegishli hujjat Oliy Majlis Qonunchilik palatasida birinchi o'qishda ma'qullandi.

Loyihaga ko'ra, oilaviy shifokor yoki tibbiy brigada yo'llanmasisiz profil shifokorga borganlar qabul uchun pul to'laydi. Faqat shoshilinch va tez tibbiy yordam holatlari bundan mustasno etiladi.

Hujjatda, shuningdek, tibbiyot va farmatsevtika sohasida ishlash huquqi faqat davlat ro'yxatidan o'tgan mutaxassislarga berilishi belgilangan. Tibbiyot oliygohlari bitiruvchilarining diplomlari esa yakuniy attestatsiyadan so'ng avtomatik tarzda ma'lumotlar bazasida ro'yxatdan o'tkazilishi ko'zda tutilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » O'zbekistonda yo'llanmasiz shifokor qabuliga borish pullik bo'lishi mumkin