Rasing Barselonani chempionlik koridori bilan kutib oladi

Ispaniya Kubogi 1/8 finalida «Rasing»ga qarshi bo'ladigan uchrashuvda «Barselona»ga chempionlik koridori tashkil etiladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Santander klubi «ko'k-anorranglilar»ni 15-yanvar, payshanba kuni o'z maydonida qabul qiladi. Diario Sport xabariga ko'ra, o'yin boshlanishidan avval «Rasing» futbolchilari kataloniyaliklarning Ispaniya Superkubogidagi yaqinidagi g'alabasini e'tirof etib, an'anaviy chempionlik koridorini uyushtiradi. Segundada peshqadam bo'lib turgan jamoa turnirda qatnashmagan bo'lsa-da, bu odatdan voz kechmayapti.
Eslatib o'tamiz, Superkubok finalida Hans-Diter Flik boshchiligidagi «Barselona» Madridning «Real»ini 3:2 hisobida mag'lub etgandi. «El Klasiko»dan so'ng esa madridliklar prinsipial raqibiga chempionlik koridorini qilishdan bosh tortgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!