date

Surxondaryoda 11-sinf maktab o‘quvchisi 9-sinf qizni zo‘rladi

Surxondaryoda 11-sinf maktab o‘quvchisi 9-sinf qizni zo‘rladi

Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi maktab bilan bog‘liq og‘ir holat jamoatchilik e’tiborini tortdi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lum qilishicha, hozirda mazkur voqea vakolatli organlar tomonidan o‘rganilmoqda.

UzNews nashri xabariga ko‘ra, Denov tumanidagi 64-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil oluvchi 11-sinf o‘quvchisi B.S. ushbu maktabning 9-sinf o‘quvchisi N.Sh.ga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganlikda gumon qilinmoqda.

Boshqarma axborotiga ko‘ra, holat bir necha oy avval maktab hududidan tashqarida, shuningdek o‘quv jarayonidan tashqari vaqtda yuz bergan. Voqea tafsilotlari maktab ma’muriyati tomonidan o‘rganilib, ota-onalar ishtirokida muhokama qilingan va ichki ishlar organlariga rasman yetkazilgan.

Rasmiy axborotda qayd etilishicha, “tekshiruv jarayonida voyaga yetmagan shaxslarning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati, shuningdek, ularning ruhiy holatini himoya qilish ustuvor vazifa sifatida belgilangan”. Shuningdek, mazkur holat yuzasidan maktab ma’muriyati

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda 11-sinf maktab o‘quvchisi 9-sinf qizni zo‘rladi