Maynts raqibini yengib, turnir jadvalida oxirgi pog'onani tark etdi

So'nggi turlarda ochkolar yig'ishni boshlab yuborgan «Maynts» seshanba kuni o'ziga bevosita raqib bo'lgan «Haydenhaym»ni qabul qildi. 2:1 hisobidagi g'alaba evaziga mayntslar mag'lubiyatsiz seriyasini to'rtta uchrashuvga yetkazib, nihoyat turnir jadvalidagi eng past o'rindan chiqib ketdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvning 30-daqiqasida Chhe-Son Li jarima maydonida Silvan Vidmerni topdi va himoyachi to'pni havodan chiroyli tarzda darvozaga joylab qo'ydi — 1:0. Ikkinchi bo'lim boshida esa Nadim Amiri bir tegishda aniq zarba yo'llab, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi. Oradan ko'p o'tmay Amiri yana golli pas muallifiga aylanishi ham mumkin edi: u Armindo Zibni qulay vaziyatga chiqardi, biroq darvozabon zarbani zo'rg'a qaytardi.
O'yinning taxminan 60-daqiqalarida intriga qaytdi: qarshi hujumda Ariyon Ibrohimovich darvozabonni aldab o'ta olmadi, qaytgan to'pni esa Shtefan Shimmer bemalol tarmoqqa yo'lladi — 2:1. Shundan keyin «Maynts» hisobni ushlab qoldi va muhim uch ochkoni qo'lga kiritdi.
Natijadan so'ng «Haydenhaym» turnir jadvalida oxirgi o'ringa tushib qoldi. «Maynts» esa qo'shimcha ko'rsatkichlar evaziga raqibini ortda qoldirdi, 12 ochko to'plagan «Sankt-Pauli» esa to'plar nisbatiga ko'ra ulardan yuqoriroqda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!