Maykl Karrik Manchester Yunaytedga tayinlangach ilk gapirdi

Manchester Yunaytedning yangi bosh murabbiyi Maykl Karrik klubdagi lavozimiga tayinlanganidan so‘ng matbuotga qisqa intervyu berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub seshanba kuni ingliz mutaxassisi joriy mavsum yakunigacha jamoani vaqtincha boshqarishini rasman ma’lum qilgandi.
“Bu yerga qaytib, ko‘p yillarim o‘tgan klubning bir qismi bo‘lish — aql bovar qilmas tuyg‘u. Endi tezda ishga diqqatni jamlashim kerak. Bu juda katta mas’uliyat va men uchun ulkan sharaf. Vazifam — oldimizga qo‘yilgan maqsadlarni bajarish. Men to‘liq ishga berilganman va klubning oldinga siljishiga yordam berishni xohlayman”, — deya Karrikning so‘zlarini UtdDistrict keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Maykl Karrik 2006–2018 yillarda Manchester Yunayted safida to‘p surgan, faoliyatini yakunlagach esa yana uch yil davomida murabbiylar shtabida ishlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!