Mamlakatimizda aholini sifatli va arzon dori vositalari, tibbiy buyumlar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa xorijdan keltiriladigan dori vositalari, tibbiy buyumlar shuningdek, tibbiyot asbob-uskunlari hamda mamlakatimizda dori vositalarini ishlab chiqarishda foydalanish uchun xom ashyolarga nisbatan bojxona to‘lovlaridan keng ko‘lamli imtiyozlar qo‘llanib kelinmoqda.
Shunga qaramay, mazkur qulayliklardan unumli foydalanish o‘rniga tadbirkorlikning soxta yo‘lini afzal bilgan ayrim ustomonlar ham uchrab turibdi-ki, ular bojxona nazoratidan yashirin ravishda farmasevtika mahsulotlari va tibbiy buyumlarni olib o‘tishga urinib, bu bilan nafaqat sog‘lom raqobat muhitiga putur etkazishmoqda, balki eng avvalo yurtdoshlarimiz salomatliklarini xavfga qo‘yishmoqda, deb yozmoqda "telegraf.uz" sayti.
Masalan, poytaxtlik G.Usmonova Dehlidan qaytayotib, poytaxt aeroportida tegishli hujjatlari bo‘lmagan va sifati kafolatlanmagan 390 dona ko‘z uchun mo‘ljallangan dori vositalarini yashirincha olib o‘tishga uringan paytda to‘xtatib qolindi.
Istambuldan qaytgan fuqarolar A.Umirov, U.Xamidova, L.Atoyev, X.Yagmurov, shuningdek Dehlidan uchib kelgan A.Turgunovlar ham dori vositalarini yashirin ravishda bojxona chegaralaridan olib o‘tishga uringan paytda fosh qilindi. Ushbu qonunubzarlik holatlarida ular tomonidan jami qiymati 4 mln. so‘mdan ortiq bo‘lgan 405 dona dori vositalarining noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi.
Turkiyadagi safarini yakunlab, mamlakatimizga kelgan xorijiy fuqarolardan biri V.Sodiq ham respublikamiz bojxona qoidalarini buzishga urindi. U yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida ham, og‘zaki so‘rovlar paytida ham ma’lum qilmasdan turib, 37 dona stomatologiya plombalarni olib kirishga uringan ekan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Shuningdek, “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan “Moskva-Toshkent” reysi bo‘yicha parvozini yakunlagan A.Tuxtaevga (maqoladagi barcha ism-shariflar o‘zgartirilgan) tegishli bagaj bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, ushbu shaxs yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida qayd etilmagan hamda bojxona xodimining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilinmagan, 150 dona sun’iy eshitish moslamalarini bojxona nazoratidan yashirin ravishda olib kirishga uringani fosh bo‘ldi.
Bojxonachilarning ko‘zini shamg‘alat qilish maqsadida, ushbu shaxs qiymati salkam 153 mln. so‘mlik mazkur tibbiy buyumlarni ularning o‘ramlarisiz olib kirishga harakat qilgan. Shu boisdan ham dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bo‘yicha mutaxassislar mazkur sun’iy eshitish moslamalarini O‘zbekiston Respublikasida qayd etilgan dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestriga kiritilganligi to‘g‘risida ma’lumot berish hamda tahlil ishlari olib borish imkoni yo‘q degan to‘xtamga kelishdi. Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Ta’kidlash joizki, o‘tgan 2016 yilda “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 130 dan ortiq qonunbuzarlik holatlarida qiymati 2,4 mlrd so‘mdan ortiq dori vositalari va tibbiy buyumlarning yashirin olib o‘tilishiga chek qo‘yildi.
Eslatib o‘tamiz, “Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuning 24-moddasiga muvofiq, dori vositalari va tibbiy buyumlarni eksport va import qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Sifatsiz, qalbakilashtirilgan O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini import qilish taqiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016 yil 8 iyunda tasdiqlangan Dori vositalari va tibbiy buyumlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, jismoniy shaxslar shaxsiy foydalanish uchun turli nomdagi 10 tagacha dori preparatlaridan iborat dori vositalari va ularning har biri uchun 5 o‘ramdan ortiq bo‘lmagan dori vositalari, shuningdek 5 birlikdan ortiq bo‘lmagan tibbiy buyumlarni olib kirishlari yoki chiqishlari mumkin.
Bu jarayondagi eng muhim talablardan yana biri shundaki, bojxona chegaralari orqali shaxsiy maqsadlarda olib o‘tilayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchining o‘ramida bo‘lishi kerak.
“Toshkent Aero” IBK
Axborot xizmati “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar