
Blogger Irina Agzamxo‘jayeva o‘zining Instagram sahifasida Toshkent shahridagi havoning sifati pastligi masalasini ko‘tardi. U vataniga bo‘lgan muhabbati va mamlakatning tezkor rivojlanishidan faxrlanayotganini ta’kidlab o‘tar ekan, ammo bunday havoni nafas olishni istamasligini aytdi.
Agzamxo‘jayeva PM2.5 zarrachalarining xavfini alohida ta’kidladi, ular inson organizmiga o‘rnashib, ichkaridan zarar yetkazishini aytdi. Shuningdek, ifloslangan havo uning sog‘ligi va erkin harakatlanish imkoniyatini cheklashini qo‘shimcha qildi.
“Yopiq derazalar va havo tozalagich bilan yashashni hayot deb bo‘lmaydi”, dedi u. Uning hissiy postiga ko‘plab munosabatlar bildirildi: ayrim foydalanuvchilar bloggerni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, boshqalar uning fikrlariga qarshi chiqdi.
“Ishonchim komilki, hech kim odamlar haqida qayg‘urmaydi, hamma faqat pul haqida o‘ylaydi”, deb yakunladi o‘z so‘zlarini Irina Agzamxo‘jayeva. Bloggerning videosi 10-noyabr kuni kechqurun e’lon qilingan bo‘lib, 11-noyabr kuni tushga kelib havo sifatining yangi ko‘rsatkichi e’lon qilindi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar