
Toshkentning Yangihayot tumanida jinsiy tegajog'lik holati sodir bo'ldi. Bu haqda UPL muxbiri xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, 22-oktabr kuni "Yangi turmush" mahallasida yashovchi erkak o'z rafiqasining qarindoshiga tegajog'lik qilgan. 17 yoshli qiz Toshkentga oliy o'quv yurtida o'qish uchun kelgan va xolasining uyida yashayotgan edi.
Bir kuni xolaning turmush o'rtog'i qizning xonasiga kirib, uni o'pishga uringan. Sudda erkak o'z aybini tan oldi.
U o'sha kuni mast bo'lganini va qilgan ishlarini yaxshi eslay olmasligini ta'kidladi. Sud qarori bilan erkak besh sutkaga qamoqqa olindi va jinsiy tegajog'likda aybdor deb topildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar