date

Meksika prezidenti JCh-2026 haqida fikr bildirdi


Meksika prezidenti Klaudiya Sheybaum 2026 yilgi Jahon chempionati oldidan o‘z fikrlarini bildirdi. "Biz uchun bu nafaqat eng yaxshi jamoalarni jonli tomosha qilish imkoniyati, balki o‘zimizni ko‘rsatish, butun dunyoga Meksikaning nimalarga qodirligini namoyish qilish imkoniyatidir.

Mamlakatimiz tarixiy lahzalarni boshdan kechirmoqda. Bizni ulkan ishlar kutmoqda, ammo bir necha oy ichida chempionatga to‘liq tayyor bo‘lamiz", – dedi u ESPN'ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati Shimoliy Amerikadagi uchta davlat: AQSh, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadi. Amaldagi Jahon chempioni esa Argentina terma jamoasidir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Meksika prezidenti JCh-2026 haqida fikr bildirdi