date

Uorren Baffet 1,3 milliard dollar xayriya qiladi


Berkshire Hathaway investitsiya kompaniyasining rahbari Uorren Baffet aksiyadorlarga yo'llagan xayrlashuv maktubida 1,3 milliard dollar xayriya qilishini ma'lum qildi. Bu maqsadga erishish uchun Baffet Berkshire Hathaway kompaniyasining 1 800 dona «A» turkumidagi aksiyalarini 2,7 million dona «B» turkumidagi qimmatli qog'ozlarga almashtirdi.

Ular oila xayriya jamg'armalariga yo'naltiriladi. Susan Tompson Baffet jamg'armasi 1,5 million aksiyani, Howard Baffet jamg'armasi, The Sherwood Foundation va NoVo jamg'armalari esa har biri 400 ming aksiyani oladi.

Milliarder o'z farzandlarining xayriya tashkilotlariga hayotining oxirigacha mablag' ajratish hajmini oshirish niyatida ekanini ta'kidladi. Baffet joriy yil oxirida Berkshire Hathaway bosh direktori lavozimini tark etishni rejalashtirgan.

Shunga qaramay, u direktorlar kengashi raisi sifatida ishlashda davom etadi. Uning o'rniga Greg Abel tayinlanishi kutilmoqda.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida kompaniyaning sof daromadi 4,6 milliard dollarni tashkil etdi, bu o'tgan yilga nisbatan 64 foizga kam.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uorren Baffet 1,3 milliard dollar xayriya qiladi