
Britaniyaning Give Me Sport nashri dunyo tarixidagi eng boy bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Ro‘yxatda superog‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik ham bor. 24 ta jangda mag‘lubiyatsiz seriyaga ega bo‘lgan ukrainalik bokschining mol-mulki 214 million dollar deb baholandi va u beshinchi o‘rindan joy oldi.
Ta’rifga ko‘ra, ro‘yxatda birinchi o‘rinni amerikalik Floyd Meyvezer egalladi — uning daromadi 400 million dollarga yetgan. Ikkinchi pog‘onada 300 million dollar bilan meksikalik Saul “Kanelo” Alvares joylashgan. Shu miqdordagi boylikka ega Jorj Forman esa kuchli uchlikni yakunlagan.
Menni Pakyao (220 mln dollar) to‘rtinchi, Aleksandr Usik esa beshinchi bo‘ldi. Qolgan o‘rinlarda Oskar de la Xoyya (200 mln), Tayson Fyuri (146 mln), Shugar Rey Leonard (120 mln), Lennoks Lyuis (120 mln) va blogerdan bokschiga aylangan Jeyk Pol (100 mln) nomlari qayd etilgan.
Give Me Sport versiyasi bo‘yicha tarixdagi eng boy bokschilarning Top-10 ro‘yxati quyidagicha:
1. Floyd Meyvezer — $400 mln,
2. Saul “Kanelo” Alvares — $300 mln,
3. Jorj Forman — $300 mln,
4. Menni Pakyao — $220 mln,
5. Aleksandr Usik — $214 mln,
6. Oskar de la Xoyya — $200 mln,
7. Tayson Fyuri — $146 mln,
8. Shugar Rey Leonard — $120 mln,
9. Lennoks Lyuis — $120 mln,
10. Jeyk Pol — $100 mln.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!