03:12 / 19.02.2017
9 431

Ommaviy xavf: “Ko‘k kit” bizgacha etib kelgani rostm?

Ommaviy xavf: “Ko‘k kit” bizgacha etib kelgani rostm?

Avvalroq, “Ko‘k kit” deb nomlangan virtual o‘yin dunyo bo‘ylab kun sayin yoshlar, ayniqsa, o‘smirlar hayotiga xavf tug‘dirib borayotgani haqida xabar bergan edik. Bu quruq vahima emas. O‘yindan o‘q chiqadi deganlaridek, bu xavf bizgacha etib kelmoqda.

Toshkent shahridagi kasb-hunar kollejlaridan birida o‘qituvchilar ijtimoiy tarmoqlardagi mazkur xavfdan ogohlantirilgani haqida xabar berildi, deb yozmoqda “Qalampir.uz” sayti.

Voqealar rivoji shuni ko‘rsatmoqdaki, bu o‘yin sekin-asta bilan O‘zbekiston hududlariga ham kirib kelmoqda. Xususan, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri shunday deydi:

“15 yoshli singlim menga qo‘ng‘iroq qilib, o‘yin haqida aytib berdi. Haqiqatan buni o‘yin deb o‘ylaganini, ammo ertasiga soat 4:20 da topshiriq yuborilganini so‘zlab berdi. O‘yinda ishtirok etishdan bosh tortgan o‘rtog‘iga esa oila a’zolarini o‘ldirish tahdidi bilan qo‘rqitgani haqida ham aytib berdi”.

Hozirgi paytda, “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ida o‘yin nomi bilan ataluvchi guruhlar soni 300 dan ortgan. Guruh moderatori ishtirokchilarni qanday qilib, o‘z joniga qasd qilish darajasida ruhiyatiga ta’sir qilishi ma’lum. Lekin nega o‘yin nomlaridan biri “meni soat 4:20 da uyg‘ot” deb nomlanadi? Bizga ma’lum bo‘ldiki, 1971 yildan AQShdagi San Rafael maktabi o‘quvchilari maktab hovlisida ayni shu vaqtda marixuana chekishni odat qilgan. Keyinchalik bu vaqt barcha giyohvandlar uchun odatiy vaqtga aylanib qoldi. Hozirda marixuanani qonuniylashtirishini so‘rab norozilik harakatini uyushtiradigan tashkilotlar ham ayni shu vaqtdan foydalanar ekan. Bu ham o‘yin tasodifiy yaratilmaganini isbotlab turadi.

O‘yin o‘zining qurbonlarini bizga yaqin hududlardan qidirmoqda. Qo‘shni davlat, Qozog‘istonning Qarag‘anda hududida yashagan 19 yoshli Galina Sibiryakova 6 fevral kuni “Ko‘k kit” ta’sirida o‘z joniga qasd qilgan. Shu kuni, Sharqiy-Qozog‘iston viloyati prokuraturasi ijtimoiy tarmoqda shaxsni o‘z joniga qasd qilishga undovchi kvestlar mavjud guruh topilganini tasdiqladi. (Qalampir.uz guruh nomlarini xavfsizlik maqsadida oshkor etmaydi)

Jambil viloyatidan yana bir 8-sinf o‘quvchisi endigina ikkita topshiriqni bajargan zahoti, ota-onasining hushyorligi tufayli ko‘ngilsiz hodisaning oldi olindi. Hozir u bilan psixologlar ishlamoqda.

Bu hodisalar hayolotda yoki uzoq o‘lkada emas, bizdan uncha uzoq bo‘lmagan shaharlarda yuz bermoqda. Qozog‘iston Davlat tili va ma’lumot tarqatish departamenti direktori Almaz Sadubaev fuqarolarni ogoh bo‘lishga chaqirdi:

“Bola ruhiyati bilan tanishish imkoniyatiga ega yopiq guruh boshqaruvchilari kvestlarni yaratib, unga taklif qilishmoqda. So‘nggida o‘z joniga qasd qilish talab etiladigan bu o‘yin oqibatlaridan barcha ota-onalarni ogoh bo‘lishga chaqiraman”.

Qozog‘iston Respublikasi parlamentining deputati Nurlan Abdirov shunday deydi: “Qarag‘andada 19 yoshli qizning halok bo‘lgani achinarli holat. Men uning ijtimoiy tarmoqdagi guruh tashviqoti sababli o‘z joniga qasd qilganmi, degan savolga javob bermoqchi emasman. Deputatlar korpusi bunday turdagi guruhlarning mavjud ekanligidan tashvishda. Shuning uchun, hozir qanday qilib qonuniy ravishda bu guruhlarni yopib yuborish haqida bosh qotirmoqdamiz”.

Aziz o‘quvchi, “Qalampir.uz” bu voqealarga yana oydinlik kiritadi. Xalq orasida yurgan, Toshkent shahrida o‘yinga aloqasi bo‘lgan o‘smirlar bor ekanligini iddao qilayotgan mish-mishlar rostmi yoki uydirmami, buni xabar qilamiz. Lekin, asosiy manfaatni unutmaylik, ogohlik ziyon qilmaydi. Bugun, dushman qurol ko‘tarib, bizga hamla qilishi shart emas. Barcha urush poligonlari endi axborotlar, ma’lumotlar va ma’naviyatda o‘zini namoyon qilmoqda. Zero, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘anievich Karimov ta’biri bilan aytganda, “Bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko‘proq kuchga ega.”

Islom Karimov bundan 9 yil avval, internet orqali kirib kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni ko‘ra bilib, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida shunday yozgan edi:

“Shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon etkazishi mumkin”.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ommaviy xavf: “Ko‘k kit” bizgacha etib kelgani rostm?