Toshkentda sudya haqidagi dabdabali to‘y videosi shov-shuvga aylandi

1 daqiqa o'qish11.6K
Toshkentda sudya haqidagi dabdabali to‘y videosi shov-shuvga aylandi

Toshkent viloyatidagi sudya Xayrullo Rahmonov nomi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Sabab — internetda tarqalgan videolar. Ularda sudya o‘zining voyaga yetmagan farzandi uchun dabdabali to‘y marosimi o‘tkazgani haqida iddao qilingan. Kadrlarda esa taniqli san’atkorlar qatnashganini ko‘rish mumkin.

Ayni holat jamoatchilik orasida turli qarashlarni uyg‘otdi: kimdir bu xabarni chin deb qabul qildi, kimdir esa shubha bilan yondashdi. Masala yuzasidan Sudyalar oliy kengashi rasmiy izoh berdi.

Ma’lumot uchun, kengash tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi. O‘rganish jarayonida videoda ko‘rinib turgan uy va bola sudyaga tegishli emasligi ma’lum bo‘ldi. Xabarda qayd etilishicha, marosim sudyaning qarindoshi xonadonida bo‘lib o‘tgan, videoda ko‘rsatilgan voyaga yetmagan bola ham aynan qarindoshiga tegishli. Shuningdek, sudyaning farzandlari voyaga yetgan, eng kichigi 22 yoshda ekani ma’lum qilindi.

Shu bilan birga, sudya xizmatdan tashqari vaqtda qarindoshining uyidagi marosimda ishtirok etgani tan olindi. Endi esa u o‘zining bu ishtiroki bilan Sudyalar odobi kodeksi qoidalarini buzgan-buzmagani masalasi yuzasidan materiallar Sudyalar odob komissiyasiga yuborildi.

Eslatib o‘tamiz, “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunning 62-moddasiga ko‘ra, har bir sudya nafaqat xizmat jarayonida, balki shaxsiy hayotida ham odob-axloq qoidalariga amal qilishi shart. Sud hokimiyatining obro‘siga putur yetkazishi, sudyaning xolisligi va beg‘arazligiga shubha uyg‘otishi mumkin bo‘lgan har qanday xatti-harakatdan o‘zini tiyishi lozim.

Shu bois, ushbu videolavha ortidan ko‘tarilgan muhokamalar nafaqat bir sudyaning shaxsiy hayoti, balki butun sud tizimining obro‘si uchun ham sinov sifatida baholanmoqda. Jamoatchilik esa komissiya qarorini va tekshiruv natijasini kutib turibdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?