date

Sirdaryoda fermerlar yer maydonlari olib qoʻyilayotganidan shikoyat qildi

Sirdaryoda fermerlar yer maydonlari olib qoʻyilayotganidan shikoyat qildi

Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida yer uchastkalari olib qoʻyilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Mahalliy Telegram-kanallarda tarqalgan ma’lumotlardan so‘ng Kursiv Uzbekistan holat yuzasidan fermerlardan biri bilan suhbatlashdi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Fermerning aytishicha, 30 dekabr kuni ularga viloyat hokimi nomidan ogʻzaki tarzda barcha fermer xoʻjaliklariga tegishli yerlar qayta olinishi rejalashtirilayotgani bildirilgan. Shundan keyin esa har kuni turli idoralar vakillaridan iborat ishchi guruhlar kelishni boshlagan: viloyat prokuraturasi, ichki ishlar organlari, Majburiy ijro byurosi, soliq xizmati va boshqa tuzilmalar.

Uning ta’kidlashicha, ijro hujjatlarisiz mol-mulk davlat hisobiga kiritilmoqda, yer egalari esa uchastkadan “ixtiyoriy voz kechish” mazmunidagi arizalarni yozishga majburlanmoqda. Bunday hujjatlarni imzolashni rad etganlarga nisbatan Agroinspeksiya orqali tekshiruvlar boshlangan, jarimalar rasmiylashtirilgan hamda tuman Fermerlar kengashining “majburiy xulosalari” asosida sudga da’volar tayyorlanayotgani aytilmoqda.

Vaziyatni izohlagan iqtisodchi Yuliy Yusupov bu jarayon jamiyatda Oʻzbekistonda “ikkinchi kollektivizatsiya” xavotirlarini kuchaytirishi mumkinligini qayd etdi. U 2026 yil mamlakat tarixida “Ikkinchi kollektivizatsiya yili” sifatida tilga olinib qolmasligi kerakligini bildirib, amaldorlar stalinizm davridagi tajriba takrorlanayotgani haqidagi savolni o‘rtaga tashladi.

Kursiv Uzbekistan tahririyati holat bo‘yicha rasmiy izoh olish maqsadida Agroinspeksiya, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Sirdaryo viloyati hokimligiga soʻrovlar yuborganini ma’lum qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda fermerlar yer maydonlari olib qoʻyilayotganidan shikoyat qildi