Qorong‘uda to‘ng‘iz deb o‘ylab, do‘stini otib qo‘ydi

1 daqiqa o'qish4.7K
Qorong‘uda to‘ng‘iz deb o‘ylab, do‘stini otib qo‘ydi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida ovchi G‘.A. qorong‘uda sherigi O‘.M.ni to‘ng‘iz deb o‘ylab, unga o‘q uzgan va uning o‘limiga sabab bo‘lgan.
  • Voqea 2025 yil 5 oktyabr kuni Gulzor mahallasidagi dala maydonida sodir bo‘lgan.
  • Sud G‘.A.ni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 102-moddasi 1-qismi bo‘yicha aybli deb topib, 1 yil 6 oy axloq tuzatish ishlari hamda 1 yilga ov qilish huquqidan mahrum etish jazosini tayinladi.

Qorong‘uda to‘ng‘iz deb o‘ylab, do‘stini otib qo‘ydi

Jizzax viloyatida ov paytida sodir bo‘lgan ehtiyotsizlik og‘ir oqibatlarga olib keldi. Mirzacho‘l tumani hududida sheriklar bilan chiqqan ov sayri inson o‘limi bilan yakunlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand viloyati Ishtixon tumanida istiqomat qiluvchi 31 yoshli G‘.A. 2025 yil 5 oktyabr kuni uch nafar tanishi bilan birga Jizzax viloyatiga yo‘l olgan. Ular Mirzacho‘l tumaniga qarashli Gulzor mahallasi hududida joylashgan dala maydonida yovvoyi to‘ng‘iz ovlashni rejalashtirgan. Ov jarayonida ishtirokchilar qamishzor orasida turli nuqtalarga joylashib, berkinib turgan.
Qorong‘u tushgan vaqtda, G‘.A. berkinib o‘tirgan joyiga qamishlar orasidan sherigi — O‘.M. yaqinlashgan. Atrof yaxshi ko‘rinmagani sababli, ovchi uni yovvoyi hayvon deb gumon qilgan va ehtiyot choralariga amal qilmasdan ov qurolidan bir marotaba o‘q uzgan. Otilgan o‘q sherigining bosh miya qismiga tegib, o‘ta og‘ir jarohat yetkazgan.
Jarohatlangan fuqaro zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan bo‘lsa-da, shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, uning hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmagan.
Sud jarayonida G‘.A. aybiga to‘liq iqror bo‘lib, hodisa qorong‘u vaqtda sodir bo‘lgani, marhum uning yaqin do‘sti ekanini ta’kidlagan. Shuningdek, u ikki yildan beri rasmiy ravishda ovchilik bilan shug‘ullanib kelgani ma’lum qilingan.
Mirzacho‘l tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi qaroriga ko‘ra, G‘.A. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 102-moddasi 1-qismi — ehtiyotsizlik orqali odam o‘ldirish jinoyatida aybli deb topildi. Sud hukmi bilan unga 1 yil muddatga ov qilish huquqidan mahrum etish, shuningdek, ish haqining 20 foizini davlat foydasiga ushlab qolgan holda 1 yil 6 oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.
Mazkur holat ov paytida xavfsizlik qoidalariga amal qilish naqadar muhim ekanini yana bir bor yaqqol ko‘rsatdi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?