date

Mostovoy Barselona va Real o'yinidan hayratda qoldi

Mostovoy Barselona va Real o'yinidan hayratda qoldi

Ispaniyaning «Selta» klubida to'p surgan sobiq futbolchi Aleksandr Mostovoy Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona» hamda «Real» o'rtasidagi bahs haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv 11-yanvar kuni bo'lib o'tdi va unda kataloniyaliklar 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

Mostovoyning aytishicha, o'yin juda yuqori saviyada o'tgan. U uchrashuv oldidan «Barselona»ga kichik ustunlik berganini ta'kidladi — 55 ga 45. Shuningdek, ko'pchilik nega kataloniyaliklarni haddan tashqari yaqqol favorit qilganini tushunmaganini, ammo o'yin o'zida «telba taassurot» qoldirganini aytdi.

Qayd etish joiz, bu g'alaba «Barselona» uchun Superkubokdagi 16-titul bo'ldi. «Real» hisobida esa 13 ta shunday sovrin bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mostovoy Barselona va Real o'yinidan hayratda qoldi