Asqar Umarxon Bollivud qiroli xonadonidami? Video muhokamada (video)

Xonanda Asqar Umarxon kecha o‘z tavallud kunini noodatiy tarzda nishonlagani aks etgan video-postni Instagram sahifasiga joyladi. Ushbu video qisqa vaqt ichida muxlislar e’tiborini tortib, ko‘pchilikni hayratga soldi.
Videoda Asqar Umarxon quvonchini yashirmay shunday deydi:
“Men bugun juda xursandman. Bugun mening tug‘ilgan kunim. Tug‘ilgan kunimni Bollivud qiroli Amitabh Bachchan xonadonida nishonlayapman.”
Videoning eng hayratlanarli jihati shundaki, unda Amitabh Bachchanning turmush o‘rtog‘i Jaya Bachchan obrazida o‘zimizning taniqli aktrisamiz Saida Rametova namoyon bo‘ladi. Ushbu kutilmagan qiyofa va sahna muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda tezda tarqalib, Asqar Umarxonning tavallud kunini o‘zgacha va ijodiy yondashuv bilan nishonlagani muxlislar tomonidan ijobiy baholandi.