date

Xabi Alonconi "Real"da nimalar kutayotgani ma’lum bo‘ldi...

Xabi Alonconi "Real"da nimalar kutayotgani ma’lum bo‘ldi...

Ispaniya Superkubogi finalidagi “Barselona”ga qarshi uchta gol qo‘yib yuborish orqali yutqazish “Real Madrid” jamoasida katta shov-shuv va bahs-munozaralarni yuzaga keltirdi. Ispan OAVning xabar berishicha, klub prezidenti Florentino Peres hozircha keskin choralar ko‘rishni rejalashtirmayapti va murabbiy Xabi Alonsoga ishda qolish uchun imkoniyat berishga qaror qildi.

Manbalarga ko‘ra, Peres Alonsoni ishdan bo‘shatish haqida hali qaror qabul qilmagan. Ammo murabbiyning keyingi taqdiri jamoaning navbatdagi uchrashuvlaridagi natijalarga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Klub rahbariyati vaziyatning tarangligini yaxshi tushunib, hissiyotga berilgan impulsiv qarorlar qabul qilmaslikka urg‘u bermoqda.

Ayni paytda madridliklarning mavjud ahvoli shunday: La Ligada jamoa 45 ochko bilan ikkinchi o‘rinda va “Barselona”dan 4 ochko orqada. Chempionlar Ligasida esa “Real” 12 ochko bilan yettinchi pog‘onani egallab turibdi. Bu raqamlar jamoaning yuqori darajada raqobatchi ekanini ko‘rsatib, keyingi uchrashuvlar muhimligini namoyon etadi.

Klubning navbatdagi o‘yini Ispaniya Kubogining 1/8 finali doirasida bo‘lib o‘tadi va unda “Albasete”ga qarshi bahsda maydonga tushiladi. Bu uchrashuv Xabi Alonsoning jamoadagi rolini va keyingi taqdiri haqida ko‘p narsani belgilaydi. Muxlislar esa jamoaning qay tarzda javob berishiga katta qiziqish bilan qarashmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xabi Alonconi "Real"da nimalar kutayotgani ma’lum bo‘ldi...