Oʻzgidromet haftalik ob-havo prognozini e'lon qildi

Oʻzbekistonda hafta davomida moʻtadil sovuq ob-havo kuzatiladi: ayrim kunlari havo ochiq bo‘lsa, ayrim paytlarda bulutlar ko‘payadi. Yog‘ingarchilik uzoq davom etmaydi, asosan yomg‘ir va qor ko‘rinishida bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.
Harorat qish me’yorlari atrofida saqlanib qoladi: kechalari sovuq urib, kunduzlari esa ijobiy ko‘rsatkichlar qayd etiladi. Ba’zi kunlari tun va tongda ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin.
Shamol asosan g‘arbiy va sharqiy yo‘nalishlarda 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 12–17 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor. Kechasi havo harorati 0…-7 daraja atrofida, ba’zi joylarda esa +2 darajagacha bo‘lishi mumkin.
Kunduzgi harorat +2…+15 darajagacha ko‘tariladi, ayrim kunlari +18 darajagacha iliqlashadi. Hafta oxiriga kelib esa havo yana salqinlashib, kunduzlari +2…+7 daraja atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Tog‘li hududlarda 12-yanvar, shuningdek 16–17-yanvar kunlari ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi.
Tog‘larda 11–16-yanvar kechalari harorat -2…+3 daraja, 17–18-yanvar kunlari esa -2…-7 darajagacha pasayadi. Kunduz kuni 11-yanvarda +7…+12 daraja, 12-yanvarda +3…+8 daraja, 13–14-yanvar kunlari +5…+10 daraja bo‘lishi kutilmoqda. 15–18-yanvarda esa kunduzgi harorat -3…+2 daraja oralig‘iga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!