date

Surxondaryoda chaqalog‘i bilan molxonaga qamab qo‘yilgan ayol ishi bo‘yicha 3 kishi qamaldi

Surxondaryoda chaqalog‘i bilan molxonaga qamab qo‘yilgan ayol ishi bo‘yicha 3 kishi qamaldi

Surxondaryoda molxonada chaqalog‘i bilan qamalgan ayol ishi bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.
Avvalroq, Uzun tumanida ayol va uning yangi tug‘ilgan farzandiga nisbatan zo‘ravonlik va tahdid qo‘llanilishi haqida xabarlar viloyat IIB tomonidan tekshirilgan edi.
Ma’lum bo‘lishicha, ayolning erkak va uning qarindoshlari, ayolning tilda nuqsoni va fikrlarini to‘liq bayon qilishda qiynalishi imkoniyatidan foydalanib, uni bir necha oy davomida 5 oylik farzandi bilan molxonada saqlab kelgan.
Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tuman sudi 1981 yilda Surxondaryoda tug‘ilgan erkakni Jinoyat kodeksining 126-1, 127, 25, 135 va 138-moddalarida (oilaviy zo‘ravonlik, voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish, odam savdosi, zo‘rlik bilan qasddan ozodlikdan mahrum qilish kabilar) aybdor deb topdi.
Shuningdek, 1975 yilda tug‘ilgan M.Sh., 1978 yilda tug‘ilgan K.Sh. va 1951 yilda tug‘ilgan Z.A. ham Jinoyat kodeksining 104, 127, 25, 135 va 138-moddalarida aybli deb topildi. Ular odam savdosi, zo‘rlik bilan ozodlikdan mahrum qilish, voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish va qasddan og‘ir badan shikast yetkazish kabi jinoyatlarni sodir etgani aniqlandi.
Sud qarori bilan A.Sh. 13 yil, M.Sh. va K.Sh. 9 yilga ozodlikdan mahrum qilindi, Z.A. esa 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda chaqalog‘i bilan molxonaga qamab qo‘yilgan ayol ishi bo‘yicha 3 kishi qamaldi