date

Bitkoin orqali sotib olingan ilk pitssa tarixi esga olindi

Moliyaviy grafik va oltin bitkoin tangasi fonida pishloqli pizza tasvirlangan.

2010 yil 19 may kuni dasturchi Laslo Xaynis 10 000 dona BTC evaziga ikkita pitssa sotib olgan edi. Shu voqeadan keyin kripto hamjamiyat har yili ushbu sanani Bitcoin Pizza kuni sifatida nishonlab keladi.

BitcoinTalk forumida u 10 000 BTCni ikkita pitssaga kim almashtirishi mumkinligini so‘ragan. O‘sha vaqtda ushbu kriptovalyutaning umumiy qiymati 25 dollarni tashkil qilgan.

Oradan to‘rt kun o‘tib, Laslo Xaynis almashuv muvaffaqiyatli yakunlanganini ma’lum qilgan. Bu voqea tarixda bitkoin orqali amalga oshirilgan ilk real xarid sifatida qolgan.

Ayni vaqtda esa o‘sha 10 000 BTCning qiymati taxminan 767 million dollarga yetgan. Bu mablag‘ bugungi kurs bo‘yicha qariyb 9,9 trln so‘mni tashkil qiladi.

Bitcoin evaziga pitssa sotib olish haqidagi forum posti va ikki bola bilan ota surati.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Bitkoin orqali sotib olingan ilk pitssa tarixi esga olindi