date

Hyundai va Kia zavodlarida 25 mingta Boston Dynamics Atlas roboti ishlaydi

Hyundai va Kia zavodlarida 25 mingta Boston Dynamics Atlas roboti ishlaydi

Hyundai Motor Group o‘zining avtomobil ishlab chiqarish korxonalarida Boston Dynamics Atlas gumanoid robotlarini keng ko‘lamda joriy etishni rejalashtirmoqda. The Korea Times nashri xabariga ko‘ra, kompaniya Hyundai va Kia zavodlariga 25 mingtagacha inson qiyofasidagi robotlarni joylashtirishni maqsad qilgan. Bu haqda JPMorgan Chase tomonidan tashkil etilgan investorlar bilan uchrashuvda ma’lum qilindi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Kompaniya 2028-yilga borib, har yili 30 mingtagacha Atlas robotini ishlab chiqarish quvvatiga erishmoqchi. Dastlabki bosqichda robotlar asosan AQShdagi zavodlarda sinovdan o‘tkazilishi kutilmoqda, biroq loyihaning aniq muddatlari va manzillari hozircha sir saqlanmoqda.

Shuningdek, Hyundai robotlarning asosiy qismlari, xususan, bo‘g‘in va «mushaklar» vazifasini bajaruvchi aktuatorlarni AQShda mahalliylashtirishni ko‘zlamoqda. Kompaniya yiliga 300 mingdan ortiq shunday privodlarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Ushbu qadam sanoat avtomatizatsiyasining yangi bosqichi sifatida baholanmoqda. An’anaviy sanoat manipulyatorlaridan farqli o‘laroq, Atlas robotlari zavod hududida erkin harakatlana oladi, turli asbob-uskunalar bilan ishlaydi va inson uchun mo‘ljallangan murakkab vazifalarni bajara oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Hyundai va Kia zavodlarida 25 mingta Boston Dynamics Atlas roboti ishlaydi