Qarzdorlik evaziga “Volkswagen” xatlandi

Majburiy ijro byurosi Andijon tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining qarzdor “Abror” fermer xo‘jaligidan undiruvchi “AGROBANK” ATB foydasiga 74,4 mln. so‘m kredit qarzdorligini undirish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Shuningdek, Andijon tumanlararo iqtisodiy sudining 02.01.2016 yildagi ijro varaqasiga asosan mazkur xo‘jalikning elektr energiyadan bo‘lgan 166,3 mln. so‘m qarzdorligini undirish belgilangan.
Ijro hujjatlari talabini o‘z muddatida bajarishi haqida qarzdor ogohlantirilgan va tushuntirish ishlari olib borilgan.
Biroq, belgilangan muddatlarda qarzdor tomonidan kredit va elektr energiyadan bo‘lgan qarzdorlik to‘lanmaganligi sababli, Byuro xodimlari tomonidan “VOLKSWAGEN" rusumli avtomashina ro‘yxatga olinib, xatlandi.
Endilikda, kredit qarzlari qaytarilmasa avtomashina auksion orqali sotuvga qo‘yilishi mumkin.