08:20 / 05.05.2017
6 160

Ukraina delegasiyasi O‘zbekistonda muzokaralar o‘tkazdi

Ukraina delegasiyasi O‘zbekistonda muzokaralar o‘tkazdi
Ukraina Milliy Fanlar akademiyasining Ukrain tili instituti direktori, professor Pavel Grisenko rahbarligidagi delegasiya mamlakatimizning qator vazirlik va idoralarida muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar berdi O‘zA.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi viseprezidenti Bahrom Abduhalimov bilan uchrashuvda O‘zbekiston bilan Ukraina o‘rtasidagi hamkorlik ko‘plab sohalar qatori ilm-fan va ta’lim yo‘nalishida ham izchil rivojlanayotgani ta’kidlandi. Bunda mamlakatlarimiz o‘rtasida imzolangan 140 dan ziyod hujjat huquqiy asos bo‘lmoqda. Fan va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mehmonlarga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyati, ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar haqida so‘zlab berildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Ukraina o‘rtasida ilm-fan va ta’lim sohalaridagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Ukraina delegasiyasining mamlakatimizga tashrifi doirasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Alisher Navoiyning ukrain tiliga tarjima qilingan “Farhod va Shirin” dostoni taqdimoti bo‘ldi. Ikki mamlakat olim va mutaxassislari, “Adef-Ukraina” nashriyot uyi hamda mamlakatimizning Ukrainadagi elchixonasi hamkorligida amalga oshirilgan ushbu loyiha mahsulini kelgusida ingliz va boshqa tillarga tarjima qilish rejalashtirilgan.

“Jahon sivilizasiyasiga bebaho hissa qo‘shgan Alisher Navoiy ijodi ulkan ma’naviy boylikdir, – dedi Pavel Grisenko. – Bu meros butun dunyoda, xususan, Ukrainada katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda. Navoiy ijodida donishmandlik, borliq olamni gumanistik anglashning juda ulkan, bitmas-tuganmas xazinasi mujassam. O‘zbekiston bilan ilm-fan va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashdan manfaatdormiz”.

Ukraina delegasiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida ham uchrashuv o‘tkazdi. Temuriylar tarixi davlat muzeyida bo‘lib, Sohibqiron va uning avlodlari haqida hikoya qiluvchi rang-¬barang eksponatlar bilan tanishdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ukraina delegasiyasi O‘zbekistonda muzokaralar o‘tkazdi