date

O‘zbekiston va Hindiston transport yo‘laklarini rivojlantiradi

O‘zbekiston va Hindiston transport yo‘laklarini rivojlantiradi
O‘zbekiston va Hindiston yangi transport yo‘laklari hamda logistika yo‘nalishlarini birgalikda rivojlantiradi. Bu haqda Trend axborot agentligi ma’lum qildi.

Xalqaro transport va logistika ko‘rgazmasida Uztemiryulkonteyner kompaniyasi va Hindistonning ABS Logistics kompaniyasi o‘rtasida memorandum imzolandi. Tomonlar konteyner tashuvlarini ko‘paytirish, yangi yo‘nalishlarni ishga tushirish va O‘zbekiston orqali Hindiston, Markaziy Osiyo va Yevropa o‘rtasida tranzitni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, zamonaviy infratuzilma qurish, logistika jarayonlarini rivojlantirish va raqamli yechimlarni joriy etish orqali tashuvlarni tezroq va samaraliroq qilish maqsad qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va Hindiston transport yo‘laklarini rivojlantiradi