date

Vulverhempton yangi bosh murabbiyini tanladi


Rob Edvards rasman "Vulverhempton" klubining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. 42 yoshli mutaxassisning tayinlanishi haqida "boʻrilar" matbuot xizmati xabar berdi.

Edvardsning oxirgi ishlagan klubi "Midlsbro" edi. U bundan avval uch yil davomida "Luton Taun" jamoasini boshqargan va jamoani Angliya Premyer-ligasiga olib chiqqan.

Shuningdek, 2016 hamda 2018-2019 yillarda Edvards "Vulverhempton" tizimida ishlagan. Eslatib oʻtamiz, hozirda "boʻrilar" Angliya Premyer-ligasining asosiy autsayderi hisoblanadi.

Jamoa joriy mavsumda birorta ham gʻalaba qozona olmagan, hisobida ikki ochko, yetti ta urilgan gol va 25 ta oʻtkazib yuborilgan gol bor. 17-oʻrindan sakkiz ochko ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vulverhempton yangi bosh murabbiyini tanladi