date

Riyod-2025: O‘zbekiston suzuvchilari bronza medaliga sazovor bo‘lishdi

Riyod-2025: O‘zbekiston suzuvchilari bronza medaliga sazovor bo‘lishdi

12 noyabr 2025 yil, Riyod (Saudiya Arabistoni) shahrida bo‘lib o‘tgan VI Islom birdamlik o‘yinlarida O‘zbekistonning erkaklar suzish estafeta jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 4×100 metr erkin usulda bronza medalini qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston jamoasi tarkibida Eldor Usmonov, Ilya Sibirsev, Muhammadismoil Rahmonov va Xurshid Haydarovlar ishtirok etib, kuchli natija ko‘rsatdi.

Ular faqatgina Eron va Turkiya jamoalariga imkoniyat berib, uchinchi o‘rinni egallashdi. Shu tariqa, sportchilarimiz mamlakatimiz hisobiga yana bir medal qo‘shishdi.

Ushbu yutuq O‘zbekiston delegatsiyasining suzish musobaqalaridagi dasturini muvaffaqiyatli yakunlashiga muhim hissa qo‘shdi. Turnir davomida sportchilarimiz bir necha bor mukofotlar shohsupasiga ko‘tarilishdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Riyod-2025: O‘zbekiston suzuvchilari bronza medaliga sazovor bo‘lishdi