date

Londonda bir yigit 20 yil izlagan otasini do‘konda uchratib qoldi

Londonda bir yigit 20 yil izlagan otasini do‘konda uchratib qoldi

Londonda istiqomat qiluvchi 21 yoshli Oliver Archer o‘zi izlab topa olmagan otasi bilan kutilmagan holda mahalliy do‘konda uchrashib qoldi. Ular bir-birini yigirma yil davomida ko‘rmagan edi, deb xabar berdi Pravilamag nashri.

Oliverning so‘zlariga ko‘ra, u do‘konda navbatda turganida orqasidagi kishi telefonda turkcha gaplashayotganini eshitgan va hazillashib: “Mening otam ham turk”, — degan. Bu gapdan so‘ng erkak ismini aytgan va Oliver otasining ismi bilan to‘g‘ri kelganini anglab, hayratga tushgan.

Do‘kondan chiqqach, u erkakdan onasining ismini so‘raganida, u javob bergan. Shunda Oliver: “Men sizning o‘g‘lingiz bo‘lishim mumkin”, — degan. Avval boshda ular noo‘rin kulishgan, keyin esa dildan suhbatni boshlashgan. "U menga uzr so‘ramaslikni aytdi va bu sodir bo‘lganidan xursand ekanligini tan oldi", deb eslaydi yigit.

Ma’lum bo‘lishicha, Oliver yoshligidan otasini izlab kelgan — ijtimoiy tarmoqlar, DNK testlari va onasidagi eski xatlar orqali. Ammo tajribasizlik tufayli topa olmagan. Endi esa ma’lum bo‘ldiki, ular bir-biridan hamisha bor-yo‘g‘i besh daqiqa masofada yashab kelishgan.

O‘sha uchrashuvdan beri ota va o‘g‘il har kuni gaplashib, munosabatlarni noldan boshlashni niyat qilishgan. Bundan tashqari, Oliver oltita o‘gay aka-uka va opa-singillari borligini ham bilib oldi.

Yigirma yil farqiga qaramay, yigit hech qanday xafa bo‘lmasligini aytdi: "Men ikkinchi imkoniyatga ishonaman. Men voqeaning faqat bir tomonini eshitganman va o‘tmishda yashashning ma’nosi yo‘q". Eng muhimi, bizda hozirgi zamon bor."

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Londonda bir yigit 20 yil izlagan otasini do‘konda uchratib qoldi