09:35 / 17.05.2017
6 308

Kofeinli ichimliklarning ketma-ket iste’moli 16 yoshli o‘smirning o‘limiga olib keldi

Kofeinli ichimliklarning ketma-ket iste’moli 16 yoshli o‘smirning o‘limiga olib keldi
Amerikaning Janubiy Karolina shtatida istiqomat qiluvchi 16 yoshli o‘smir kofein miqdori yuqori bo‘lgan bir necha ichimlikni ketma-ket ichish natijasida hayotdan ko‘z yumdi, deb yozadi Kun.uz sayti.

Fojia aprel oyida maktabdagi o‘quv mashg‘ulotlari paytida ro‘y bergan. Devis Krip kutilmaganda hushini yo‘qotib, hayotdan ko‘z yumgan.

Ekspertiza ma’lumotlariga ko‘ra, o‘smir o‘limi oldidan "Makdonalds" lattesi, Mountain Dew alkogolsiz ichimligining katta dozasi va yana qandaydir quvvatbaxsh ichimlik iste’mol qilgan. Uch ichimlikning barchasi atigi ikki soat ichida ichilgan.

Ekspertlar o‘limga "taxminan aritmiyani keltirib chiqargan, kofein iste’moli natijasida yuzaga kelgan kardial holat" sabab bo‘lganini ta’kidlashdi.

Devis 16 yoshidayoq 90 kilogramm vaznga ega bo‘lsa-da, unda yurak kasalliklari qayd etilmagandi, u semizlikdan aziyat chekuvchilar maxsus ro‘yxatida ham bo‘lmagan, deydi ekspert Garri Uotts.

"Bu kofein dozasining oshib yuborilishi emas, - deydi Uotts Reuters bilan suhbatda. - Gap organizmdagi kofein miqdorida emas, balki o‘smirning barcha ichimliklarni qisqa vaqt ichida ketma-ket ichganida, energetik ichimlik esa yurak aritmiyasini keltirib chiqargan so‘nggi tomchi bo‘lgan".

Asosiy guvoh energetik ichimlik nomini eslay olmadi, faqat uning katta hajmli idishda bo‘lganini ma’lum qildi.

"Biz kofein iste’molini to‘liq taqiqlamoqchi emasmiz, lekin odamlar uning iste’molini nazorat qilishlari kerak, xuddi spirtli ichimliklar va tamaki miqdorini cheklagan kabi", - deya qo‘shimcha qildi u.

Amerika pediatriya akademiyasi energetik ichimlik ingridientlari bolalarda sinovdan o‘tkazilmagani va "hech kim ularning xavfsiz ekaniga kafolat bera olmasligi"dan ogohlantiradi.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, energetiklar aks ta’sirga ega bo‘ladi, ba’zan aritmiya va arterial qon bosimning o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.

Aksariyat kofeinli ichimliklarning bir porsiyasi 3 shinjon qahva, shuningdek 14 choy qoshiq shakar miqdoriga teng, deya ma’lum qiladi Amerika pediatriya akademiyasi.

Manbaga ko‘ra, Devis Krip ikki soat ichida taxminan 470 mg kofein iste’mol qilgan.

Saffeineinformer.com sayti ma’lumotlariga ko‘ra, "Makdonalds"ning bir lattesi 142 mg kofeinga ega, Mountain Dew yarim litrli gazirovkasida - 90 mg kofein, enegetik ichimlikning katta bankasida esa 240 mg'gacha kofein mavjud.

Dunyodagi eng yirik tibbiyot markazlaridan biri hisoblangan Minnesotadagi Meyo klinikasi olimlarining so‘zlariga ko‘ra, katta yoshli kishilarning aksariyati uchun kofeinning sutkalik dozasi 400 mg'dan iborat.

Evropaning oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha agentligi 2015 yilda bir sutkada 400 mg'dan ortiq kofein iste’moli taxikardiya, yuqori qon bosim, aritmiya, tremor, asabiylik, uyqusizlik va vahimaga olib kelishi mumkinligini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kofeinli ichimliklarning ketma-ket iste’moli 16 yoshli o‘smirning o‘limiga olib keldi