date

Sud zalidagi kutilmagan sevinch...

Sud zalidagi kutilmagan sevinch...

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudi binosida yuz bergan voqea har bir ota uchun o‘ziga xos saboq bo‘ldi. Sud muhokamasi jarayonida voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun uzoq muddat — ikki oydan ziyod vaqt davomida aliment to‘lamay kelgan uch nafar qarzdor otaning ishlari ko‘rib chiqildi.

Dastlab ularga qonun bilan belgilangan huquq va majburiyatlari, aliment majburiyatini bajarmagan taqdirda qo‘llaniladigan javobgarlik choralari haqida huquqiy tushuntirish berildi. Sud majlisi davomida ularga eng muhim haqiqat — farzandning haqqi muqaddas ekanligi eslatildi.

Shu ondan e’tiboran har uchala ota o‘z xatosini angladi. Ular oilasi bilan yarashish, farzandlari taqdiriga befarq bo‘lmaslik va kelgusida ularning baxti uchun mas’uliyatni to‘liq zimmasiga olishga qaror qildi.

Oilalar yarashdi, yuraklar yaqinlashdi. Shu munosabat bilan qarzdorlarga nisbatan to‘plangan ma’muriy ish hujjatlari va Majburiy ijro byurosi Chiroqchi tuman bo‘limi ish yurituvidagi aliment undiruviga oid ijro ishlari tamomlandi.

Farzandning orzu va ehtiyojlarini kechiktirib bo‘lmaydi. Mehr va mas’uliyat mavjud oilada adolat ham, baxt ham mujassam bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sud zalidagi kutilmagan sevinch...