
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida ayolini tiriklay chuqurga ko‘mgan erkakka sud hukmi o‘qildi. “Daryo” manbasi tomonidan o‘rganilgan sud hujjatlarida ko‘rsatilishicha, jinoyatni 1995 yilda tug‘ilgan A.N. sodir etgan.
U 2019 yilda E.E. bilan rasmiy nikohdan o‘tgan va uch nafar farzandli bo‘lishgan. Oilada doimiy janjal va zo‘ravonlik kuzatilgan. 2021 yil aprel oyida, er uyga mast holda kelgan va ayolini kaltaklab, uni chuqur qazishga majburlagan. Qazilgan chuqurga ayolni tushirib, ustidan tuproq tashlab, hatto “Jiguli” avtomobilini ham qo‘ygan.
Uch kun ovqatsiz va suvsiz yotgan ayol hushini yo‘qotgan. O‘ziga kelganida esa yana tahdid, zo‘rlik va majburlash davom etgan. Sud hujjatlariga ko‘ra, er ayolni itni o‘ldirish orqali qo‘rqitgan va yana o‘sha chuqurni ko‘mishni buyurgan.
Ayol oradan yillar o‘tibgina — 2025-yil 2-fevral kuni navbatdagi janjal ortidan ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilgan. Sud jarayonida u turmush o‘rtog‘iga moddiy da’vosi yo‘qligini bildirgan, biroq sud jinoyat og‘irligini inobatga olgan.
Natijada, A.N. Jinoyat kodeksining bir nechta moddalari bo‘yicha aybdor deb topilib, 3 yil 3 oyga ozodlikdan mahrum qilindi. U jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘taydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!