Xorazmda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat majburiy buzdirildi

1 daqiqa o'qish2K
Xorazmda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat majburiy buzdirildi

Xorazm viloyati Urganch tumanida fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino sud qarori asosida buzdirildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, javobgar M. Atajanova Urganch tumani “Cho‘lobod” mahallasi hududida 640 kvadrat metr yer maydonini noqonuniy egallab, unda qurilish ishlarini amalga oshirgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudi yerni o‘z holatiga keltirish va qurilmani bartaraf etish haqida qaror chiqargan. Ammo bir necha bor ogohlantirilganiga qaramasdan, javobgar sud qarori talablarini ixtiyoriy ravishda bajarmagan.

Shundan so‘ng, Majburiy ijro byurosi davlat ijrochilari ishtirokida qurilmani majburiy ravishda buzishga kirishgan.

Ijro jarayonida noqonuniy qurilgan inshoot to‘liq yiqitilib, yer maydoni avvalgi holatiga keltirilgan.

Idora ma’lumoticha, bunday holatlar qonunga zid hisoblanadi va fuqarolarga yer maydonidan foydalanishda amaldagi qonun-qoidalarga qat’iy rioya qilish tavsiya etilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?