date

Tungi klub oldidagi mushtlashuv: Akmal Shukurovga 8 yil 1 oy qamoq jazosi belgilandi

Tungi klub oldidagi mushtlashuv: Akmal Shukurovga 8 yil 1 oy qamoq jazosi belgilandi

Toshkent shahrida joylashgan tungi klub oldida sodir bo‘lgan mushtlashuv ishtirokchisi Akmal Shukurov sud tomonidan jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida o‘tkazilgan sud majlisida Akmal Shukurovga Jinoyat kodeksining:

  • 104-moddasi 2-qismi “e” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish),

  • 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik),

  • 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik)

moddalari bo‘yicha ayb e’lon qilindi. Sud unga 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. Jazoni u umumiy tartibli koloniyada o‘taydi.

Maqsadga ko‘ra, hodisa 2025-yil 16-martga o‘tar kechasi soat 02:30 lar atrofida Yakkasaroy tumanidagi restoranlardan birida sodir bo‘lgan. Shukurov o‘zining tanishi, 40 yoshli Xurshid bilan o‘zaro janjallashgan. Mojaroni ajratmoqchi bo‘lgan 35 yoshli Boris Akmalning zarbasidan og‘ir tan jarohati olgan.

Shifokorlar Borisga bosh miya jarohati, yuz sohasida chuqur shikastlanish tashxisini qo‘yishgan va u zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan. 5 soatlik miya operatsiyasi (trepanatsiya) o‘tkazilib, bemor sun’iy komaga tushirilgan.

Sud hukmi e’lon qilingan bo‘lsa-da, tomonlar belgilangan tartibda Toshkent shahar sudiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat kiritish huquqiga ega.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tungi klub oldidagi mushtlashuv: Akmal Shukurovga 8 yil 1 oy qamoq jazosi belgilandi