Toshkentda bloger Sanjar Karimov va sevishganlar mojarosi avj oldi

1 daqiqa o'qish3.5K
Toshkentda bloger Sanjar Karimov va sevishganlar mojarosi avj oldi

Toshkentlik Jamilya Olimboeva turmush o‘rtog‘i bo‘lishi kerak bo‘lgan yigit va bloger Sanjar Karimov (Real Sanjik) bilan bog‘liq mojaro sababli oilaviy uyidan ayrilganini aytib chiqdi, deb yozadi Podrobno.uz.

Qizning aytishicha, u 2023 yil boshida Shahzod ismli yigit bilan tanishgan va to‘y 2024 yil sentabrga belgilangan. Ammo to‘yga bir oy qolganda Shahzod moliyaviy muammo borligini aytib, tanishi Sanjar Karimov orqali qarz olishni taklif qiladi. Qarzdorlik evaziga vaqtincha garov sifatida uy hujjatlari notariusda imzolangan.

Ammo keyin ma’lum bo‘lishicha, bu hujjat garov emas, balki uy sotuv shartnomasi bo‘lgan. Vaziyatni tushungan qiz va oilasi muammoni hal qilishga harakat qiladi, biroq Shahzod chet elga qochib ketgan, uy esa Karimov nomiga o‘tgan.

Oila Karimov ofisiga murojaat qilgan, biroq u hujjatlar qonuniyligini va qarzdorlik varaqalarini asos qilib ko‘rsatgan. Shundan so‘ng ish huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilgan, uy esa vaqtincha sotuvdan chiqarilgan.

2025 yilda Shahzod Dubayda qo‘lga olinib, Interpol orqali O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan. Ammo jinoyat ishi faqat Shahzodga nisbatan olib borilmoqda, Sanjar Karimov esa ishda gumonlanuvchi emas.

Karimov o‘z bayonotida bu oilani ilgari tanimasligini, uyni 240 ming dollarga xarid qilganini va notariusda barcha oila a’zolari hujjat bilan tanishib, rozi bo‘lganini aytgan. U o‘zini ham aldangan tomon deb biladi.

Karimovning turmush o‘rtog‘i ham ijtimoiy tarmoqlarda munosabat bildirib, erining aybsizligini aytgan va Jamilyaga hamdardlik bildirgan. Unga ko‘ra, Sanjar ham Shahzod tomonidan aldangan.

Jamoatchilikning reaksiyasi ikki tomonlama bo‘ldi. Ko‘pchilik Jamilyani qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, Karimovning sahifalarida “Uyni qaytar”, “Allohdan qo‘rq” kabi fikrlar bildirildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?