SpaceX rahbari Marsni zabt etish bo‘yicha o‘z qarashlarini bildirgan va insoniyat kelajakda Qizil sayyorada koloniyalar qurish uchun ko‘rishi kerak bo‘lgan qadamlar namoyish qilingan maqolani chop etdi.
Uning fikricha, odamlar ertami-kechmi baribir boshqa sayyoraga ko‘chib o‘tishlariga to‘g‘ri keladi, chunki Erda insoniyatga muqarrar yo‘q bo‘lib ketish xavf solmoqda. Shu sababli koinotga chiqish va Marsdagi hayotga oldindan tayyorlanib borish zarur.
Mask o‘z maqolasida SpaceX 2 yildan keyin Marsga Dragon 2 kemasini yubormoqchi ekanligini ma’lum qilgan. 2020 yilgacha Marsga yana bitta missiya boshlanadi, yana bir necha yildan keyin esa Qizil sayyoraga ilk boshqariluvchi parvoz yo‘lga qo‘yiladi.
Maskning tushuntirishicha, Mars va Er o‘rtasida ko‘plab umumiy jihatlar bor. Mars qachonlardir sayyoramizga juda o‘xshash bo‘lgan, biroq Marsga ko‘chishdan oldin ko‘plab masalalarni hal qilib olish lozim. Hozirdanoq, misol uchun, koinot parvozlari narxini 200 ming dollargacha tushirish haqida o‘ylab ko‘rish lozim, bu esa ushbu parvozlarni odamlar uchun hamyonboproq qiladi. Maskning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya koinot parvozlari uchun ko‘p martalik transport yaratish imkoniyatini o‘rgangan holda bu yo‘nalishda ishlar olib bormoqda.
Transport bilan bog‘liq muammodan tashqari, insonning koinotda uzoq vaqt bo‘lishi bilan bog‘liq masalalarni hal qilish talab etiladi. Misol uchun, hozircha koinot nurlanishining insonga salbiy ta’sirini qanday qilib kamaytirish mumkinligi masalasi mavhum bo‘lib qolmoqda.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?