Toshkentda haydovchiga bolg‘a bilan hujum qilgan ayol qamaldi

1 daqiqa o'qish302
Toshkentda haydovchiga bolg‘a bilan hujum qilgan ayol qamaldi

Toshkent shahrida haydovchiga bolg‘a bilan hujum qilgan ayol sud hukmi bilan bir yarim yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar berdi sud manbalari.

Nizo aprel oyida Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan bo‘lib, u ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Spark va Matiz avtomobillari o‘rtasidagi kichik yo‘l-transport hodisasidan so‘ng ayol haydovchi asabiylashib, Matiz haydovchisiga bolg‘a bilan hujum qilgan.

Videolavhada u avtomashinasidan tushib, boshqa haydovchining oynalarini sindirishi va boshiga bir necha marta zarba berishi aks etgan. Natijada jabrlanuvchi yengil miya chayqalishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Sud jarayonida har ikki tomon bir-birini janjalni boshlaganlikda aybladi. Ayol esa harakatini himoya sifatida izohlab, hodisada temir bolg‘a ishlatganini tasdiqladi.

Oliy sud hukmiga ko‘ra, u Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bo‘yicha aybdor deb topilib, bir yil olti oyga ozodlikdan mahrum qilindi. Shuningdek, u jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar uchun 5 million 300 ming so‘m tovon to‘laydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?