13:02 / 02.09.2017
5 005

To‘g‘ri savdolashishni o‘rganamiz

To‘g‘ri savdolashishni o‘rganamiz
Quyidagi 3 maslahat o‘zingizga yoqib qolgan buyumni arzonroq narxda sotib olishingizga yordam beradi.

1. Savdolashish mumkin yoki yo‘qligini aniqlang

Hatto savdolashish odat tusiga kirgan mamlakatlarda ham buni hamma joyda qilib bo‘lmaydi. Noqulay ahvolga tushib qolmaslik uchun narxni tushirishdan oldin sotuvchi siz bilan haqiqatan ham savdolashishga tayyor ekanligiga ishonch hosil qiling. Buning uchun o‘zingiz yoqtirgan buyum haqida «Ajoyib buyum ekan, sotib olishni juda xohlayapman, lekin haddan tashqari qimmat» deganga o‘xshash gap aytishingizning o‘zi yetarli bo‘ladi. Agar savdolashish mumkin bo‘lsa sotuvchining o‘zi sizdan qancha to‘lashga tayyor ekanligingiz haqida so‘raydi yoki aytilganidan biroz pastroq narxni taklif qiladi.

2. Buyumni sizga qanchaga sotishga tayyor ekanliklarini bilib oling

Buyumning eng pastki narxining chegarasi sotuvchi uchun qanday ekanligini bilib olish foydali. Buni tekshirishning eng yaxshi yo‘li — biroz savdo qilish, keyin esa baribir haddan tashqari qimmat deb chiqish eshigi tomon yurish. Bunday holatlarda ko‘pchilik sotuvchilar baland ovozda ancha pastroq narxni aytib xaridorni to‘xtatishga harakat qilishadi. Aynan shu narx sotuvchiga ma’qul kelgan eng past narx hisoblanadi. Bu narx o‘zingizning oldindan mo‘ljallagan mablag‘ingizdan yuqori bo‘lmagan holdagina rozi bo‘lishingiz mumkin.

3. O‘zingizga nisbatan sotuvchining ixlosini oshiring

Savdolashishdan oldin sotuvchi bilan munosabat o‘rnatishga harakat qiling. O‘zingizni tanishtiring, uning ismini so‘rang va buyum to‘g‘risida batafsilroq surishtiring. Mahalliy an’analar haqida bilimingizni namoyish qilishga harakat qiling. Masalan, siz joylashgan o‘sha mamlakat tilida salomlashish yoki rahmat aytishingiz mumkin. Agar sotuvchining sizga munosabati ijobiy bo‘lsa, u bajonidil narxni tushiradi.

Manba: daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » To‘g‘ri savdolashishni o‘rganamiz