21:28 / 28.10.2017
6 124

Prezident Yashnoboddagi do‘konga kirdi

Prezident Yashnoboddagi do‘konga kirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi “Vatandosh” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdi.

Tashrif chog‘ida tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, Toshkent shahar tumanlari hokimlari va faollari bilan uchrashdi. Bu haqda Qalampir.uz xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev mazkur mahallada joylashgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari do‘koniga kirib, aholi ehtiyojlari uchun zarur mahsulotlar turi va narxlari bilan qiziqqan.

Bundan tashqari, mahallada “Ochiq muloqot” tashkil etilib, ushbu uchrashuvda kommunal xizmat, yo‘l-transport, ta’lim, tibbiyot, fan-texnika sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar va yechimini kutayotgan dolzarb masalalar xususida fikr yuritildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident Yashnoboddagi do‘konga kirdi