8 233
Ichki ishlar vaziri tizimni nopok, befarq va poraxo‘r xodimlardan tozalashini bildirdi
Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni kuchaytirish, xodimlarni tarbiyalash, ichki ishlar organlari tarkibiga adashib kirib qolgan befarq, mas’uliyatni to‘la anglamasdan, fuqarolarning haqli e’tiroziga sababchi bo‘layotgan nopok, tamagir, poraxo‘r va boshqa ichki ishlar organlari xodimi, degan nomga dog‘ tushirishi mumkin bo‘lgan salbiy harakatlarni sodir etishga moyil xodimlardan voz kechish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar bajarilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Senatning XIII yalpi majlisidagi nutqida bildirib o‘tgan.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, vazir hisobot davrida xizmat intizomini buzgani uchun 7000dan ziyod xodimlar intizomiy jazoga, jinoyat sodir etgani uchun 201 nafar shaxs javobgarlikka tortilganini ma’lum qilgan.
«Ushbu jinoyatlarning 66tasi poraxo‘rlik, 33tasi esa firibgarlik holatlari bo‘yicha yuz bergani aniqlangan. 2017 yilning mos davri yuzasidan, 37ta jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish, 601ta jinoiy ish qo‘zg‘atish holatlarini noqonuniy rad etish yuz berdi. Bu yuzasidan aybdor shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan keskin choralar qo‘llanildi. Hozirda har bir jinoyatni o‘z vaqtida hisobga olish, shuningdek, qaydlarning kundalik nazorati yo‘lga qo‘yildi», deb ta’kidlagan vazir.
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov kelgusida shaxsiy tarkib xodimlarining malakasini oshirish, kadrlarning muomala madaniyati, mas’uliyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratishini bildirdi.
«2018 yil 1 yanvardan boshlab, xizmat intizomini qo‘pol ravishda buzgan, xizmat vazifasiga mas’uliyatsiz yondashgan yoki unumsiz ish ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan xodimga to‘lanadigan maoshining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima qo‘llaniladi», deydi Po‘lat Bobojonov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto)
Quvayt Xotin-qizlar jamiyati raisi o‘rinbosari: "Shavkat Mirziyoyev BMTning 78-sessiyasida Osiyo xotin-qizlar forumini O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan"
“Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi
“Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi?
YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi
Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda