O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qizi Shahnoza (Mirziyoyeva-Shaxanova) yangi tashkil etilgan Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida ish faoliyatini boshladi. Shahnoza Shavkatovna vazirlik tizimida aynan qanday lavozimda ekani ma’lum emas. Ammo, Kun.uz bilan suhbatlashgan bir nechta manba Shahnoza Shaxanova vazirlik mas’ul xodimasi ekanini tasdiqlagan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 dekabr kuni o‘tkazilgan maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni tahlil qilish va istiqboldagi vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ishtirok etgan Shahnoza (Mirziyoyeva-Shaxanova) vazir Agrepina Shin hamda uning o‘rinbosarlari qatoridan joy olgandi. Ushbu videoselektor yig‘ilishi «O‘zbekiston» telekanali orqali namoyish etilgan.
Eslatib o‘tamiz, davlat rahbarining joriy yil 30 sentyabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida soha oldidagi dolzarb vazifalar va ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilgandi. O‘sha kuni qabul qilingan Prezident qaroriga asosan bu sohada alohida vazirlik – O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etilgan.
Maktabgacha tarbiya ta’lim tizimining birlamchi va eng muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Sog‘lom genofondni, yetuk kadrlarni tarbiyalash, avvalo, shu tizimdan boshlanadi.
Biroq shu paytgacha bu tizim rivojlanishdan ortda qolgan edi. Oxirgi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari soni 45 foizga kamaygan. Oqibatda maktabgacha yoshdagi bolalarning 33 foizi bog‘chalarga qamrab olingan, xolos. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi