Baliq go‘shti — yoshu qari birdek sevib iste’mol qiladigan mazali taom. Parhezbop baliq go‘shtini hozir bozor rastalaridan istagancha topish mumkin. Bu yurtimizda baliqchilik sohasi kundan-kunga rivojlanib borayotganidan dalolat.
Baliqchilik bilan shug‘ullanayotgan ishbilarmonlar nafaqat elimiz dasturxoni to‘kin bo‘lishiga hissa qo‘shmoqda, balki baliq yetishtirishdan mo‘may daromad ham olmoqda. Bekobodlik Mavluda Umirova ham ana shunday tadbirkorlardan biri.
— Baliqchilikni 2008 yilda boshlaganmiz, — deydi tadbirkor opa. — Dastlab, tuman hokimligiga ariza bilan murojaat qildik. Tegishli hujjatlarni olganimizdan so‘ng uyimiz yaqinidagi ko‘lda baliqchilik fermasini tashkil etdik. Ko‘l atrofini tozalab, baliqlar yaxshi rivojlanishi uchun qulay ekomuhit yaratdik. O‘z mablag‘imiz hisobidan bir necha turdagi chavoqlar keltirib, ko‘lga qo‘yib yubordik.
— Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishning o‘zi bo‘lmaydi, albatta. Qiyinchiliklar ham bo‘lgandir?
— Tadbirkorlikni oson ish, demagan bo‘lardim. Ko‘p mehnat qilishga, yugurib-yelishga, ayrim ishlarda tavakkal qilishga to‘g‘ri keladi. Avvalo sabr, turli qiyinchiliklarni yengish uchun matonat zarur. Ba’zan mablag‘ bilan bog‘liq muammolarga duch kelganmiz, goho baliqlar parvarishida xatoliklar bo‘lgan. Ammo sabr bilan, butun oila bir yoqadan bosh chiqarib, barchasini yengib o‘tdik. Hozir baliqlarning to‘da-to‘da bo‘lib suzib yurganini ko‘rganda quvonib ketamiz.
— Tez orada mahsulotingizni bozorga olib chiqsangiz kerak?
— Ko‘ldagi baliqlar yaxshi o‘sgan bo‘lsa-da, hali boquvda. Kelasi yilda bemalol sotuvga chiqarsa bo‘ladi. Bir nechta firma bilan shartnoma tuzish arafasidamiz. Ichki bozorni ham baliq bilan ta’minlash niyatidamiz. Qisqasi, 2018 yilning o‘zida taxminan 30-40 tonna baliq topshirishimiz mumkin.
— Baliqlarni qanday parvarishlayapsiz?
— Baliqlarni tabiiy sharoitda, tabiiy ozuqalar yordamida o‘stirishga harakat qilyapmiz. To‘g‘ri, boshida bir muddat omixta yem berib boqqanmiz. Biroq hozir mutlaqo boshqacha sharoitda rivojlanishyapti. Fikrimcha, baliqqa ham mehr kerak. Ilk olib kelingan baliqlar juda mayda va e’tiborga muhtoj bo‘ladi. Qancha yaxshi parvarish qilsang, shuncha tez va sog‘lom o‘sadi.
— Hozir ko‘lda baliqlarning qanday turlari bor?
— Amur, zog‘orabaliq, ilonbosh, oq do‘ngpeshona kabi baliqlar boqilmoqda.
— Faoliyatni kengaytirish haqida ham o‘ylayotgan bo‘lsangiz kerak?
— Yaqinda tandirda baliq pishirib sotiladigan kichikroq oshxona ochdik. Taomimiz manzur bo‘lmoqda. Oilaviy kelib, ham tabiat qo‘ynida dam olib, ham ovqatlanib ketuvchilar soni kun sayin ko‘paymoqda. Olingan daromad hisobidan chor-atrofni oilaviy dam olish maskaniga aylantirish niyatidamiz. Shuningdek, kelgusida parrandachilik va qoramolchilik bilan ham shug‘ullanmoqchimiz.
Noilaxon AHADOVA
Manba: od-press.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi