
O‘zbekiston fuqarolariga pensiya to‘lovlarini qulay va tezkor kuzatish imkoniyati yaratildi. Pensiya jamg‘armasi mutaxassislari «SMS-pensiya» xizmatini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ulash bo‘yicha bosqichma-bosqich yo‘riqnoma taqdim etdi.
«SMS-pensiya» xizmati nafaqaxo‘rlarga pensiya mablag‘lari hisob raqamiga tushganda mobil telefonlariga darhol xabarnoma olish imkonini beradi. Bu xizmat nafaqalarni kuzatishni osonlashtiradi va bank yoki Pensiya jamg‘armasiga tez-tez murojaat qilish zaruratini yo‘q qiladi.
Xizmatni faollashtirish uchun quyidagi oddiy qadamlarni bajarish talab etiladi: Avvalo, foydalanuvchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Shundan so‘ng, tegishli havolaga o‘tib, «Xizmatni olish» tugmasini bosish va mobil telefon raqamini kiritish lozim.
Eslatma: Ushbu xizmatdan faqat pensiya oluvchilar foydalanishlari mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar