
YouTube'dagi SNG Garage World kanali Chevrolet Cobalt Midnight modelining ilk test-drayvini o'tkazdi. Muallif hazil bilan yangi modelning barcha kamchiliklarini ochib berdi: tashqi ko'rinishdan tortib, yukxona tugmasining yo'qligiga qadar.
Biz siz uchun samimiy sharhni tayyorladik – ob'yektiv va hurmat bilan. Yangi Cobalt tashqi ko'rinishida deyarli o'zgarish qilmagan, deydi muallif.
Tashqi ko'rinishni muallif shunday ta'riflaydi: "Cobalt'ni faqat o'z onasi yaxshi ko'rishi mumkin". Yangilanish faqat qora optika, qora disklar va Midnight yozuvi bilan cheklangan.
Ko'pchilik kutgan "braziliyalik versiya" hali ham yo'q. Shu eski burchakli kuzov va amaliy dizayn o'rnida qolgan.
Chiroyli emas, lekin tanib olish oson. Ichki qismda yangilanishlar sezilarli, biroq ular ham o'ziga xos kamchiliklardan holi emas.
Eng katta noqulaylik - salon ichidan yukxona uchun tugma yo'qligi. "Bitta tugma qo'shishsa bo'lardi-ku!" deya ta'kidladi muallif.
Shuningdek, orqa o'rindiqda tirsak qo'yish uchun joy ko'rsatilgan, lekin aslida bunday imkoniyat yo'q. Ijobiy tomondan: ekokozha qoplamasi, o'rindiqlar isitkichining ishlashi, Apple CarPlay va Android Auto qo'llab-quvvatlagan yangi multimedia tizimi, odatiy hisoblagich va zavoddan o'rnatilgan kruiz-kontrol bor.
Avtomat uzatma qutisi "aqlliroq" bo'lishi aytilgan, ammo amalda sezilarli farq yo'q. Uzatishlar hali ham siltanib o'tadi, bu ba'zi haydovchilarni norozilikka olib kelgan.
ABS tizimi yaxshilangani aytilgan bo'lsa-da, tormozlash xavfsizligi kamaygan. Tormozlar yumshoqroq, ammo ishonch hissi yo'qolgandek.
Dvigatelga kelsak, 1.5 litrli atmosferik motor Euro-5 talablariga moslashtirilgan. Yoqilg'i sarfi va chiqindilar kamaygan, lekin motorning "jo'shqinligi" ham biroz pasaygan.
Oldingi modelga qaraganda bu motor sokinroq va barqarorroq ishlaydi. Asosiy afzallik - bu dvigatelning ishonchliligi.
Har qanday yoqilg'ida, hatto metanda ham muammosiz ishlaydi. Xulosa qilib aytganda, Chevrolet Cobalt Midnight kamchiliklarga qaramay, yaxshiroq bo'lgan.
Yangi salon, multimedia tizimi, kruiz-kontrol va ishonchli dvigatel - bularning barchasi hurmatga loyiq. Bu texnik jihatdan zamonaviyroq, ammo oddiy va ishonchli xalq avtomobili bo'lib qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar