
14-dekabrdan boshlab Almati va Toshkent shaharlari o‘rtasida Talgo poezdi har kuni qatnovni boshlaydi. Bu haqda “Yo‘lovchi tashish” aksiyadorlik jamiyati xabar berdi.
Yangi yo‘nalish har kuni 400 dan ortiq yo‘lovchini tashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mazkur yo‘nalish turistlar oqimini oshirishga yordam berishi kutilmoqda.
Qish mavsumi munosabati bilan tashuvchi boshqa yo‘nalishlar jadvalini ham yangilashni rejalashtirgan. Chipta xarid qilish uchun vokzallardagi kassalarga yoki rasmiy veb-saytga murojaat qilishingiz mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumotni 1433 bepul telefon raqami yoki jadvalni ko‘rsatuvchi sayt orqali olishingiz mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar