
Tayvanda kutilmagan hodisa yuz berdi — farrosh badiiy asarni iflos oyna deb o‘ylab, uni tozalab tashladi. Natijada asar o‘zining asl ma’nosini yo‘qotdi, deb xabar berdi mahalliy nashrlar.
Rassom Chen Sun-chi yaratgan “Inverted Syntax – Teskari sintaksis – 16” nomli asar zamonaviy san’at galereyasida namoyish etilgan bo‘lib, chang bilan qoplangan oynaning qisman mato bilan yopilgan qismi orqali buzilgan o‘rta sinf ramzini aks ettirgan.
Biroq farrosh asarni kir oyna deb o‘ylab, artishni boshlagan va shu orqali asarning muhim falsafiy g‘oyasini butkul yo‘qqa chiqargan. Galereya ma’muriyati hodisani “fojiali tushunmovchilik” deb atadi va xodim san’at asarning badiiy ahamiyatidan bexabar bo‘lganini ma’lum qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar