To‘rt nafar farzandning onasi, joriy yilning 20 yanvar kuni tug‘ilgan qizini sotayotgan paytda IIV xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi, Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi va Toshkent viloyati IIB xodimlari tomonidan tadbir o‘tkazilgan.
Ushbu tadbirda davomida, Farg‘ona viloyati Rishton tumanida yashovchi S.R. o‘zining 20.01.2018 yilda tug‘ilgan qizini, Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida yashovchi, U.X. va Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida yashovchi, N.S. oldindan jinoiy til biriktirib, 10.000 (o‘n ming) AQSh dollari miqdoridagi pulga sotayotgan vaqtida aniqlanib, daliliy ashyolar bilan ushlandi.
Hozirda, mazkur holat yuzasidan fuqarolar S.R., U.X. va N.S.larga nisbatan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi